"Aston Villa" yetakchisi yozda jamoani tark etishi mumkin. Futbolchiga London klubi da'vogар
Birmingemning "Aston Villa" jamoasi hujumchisi Morgan Rojers joriy mavsum yakunidan so‘ng klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqida nufuzli insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali Rojersning transfer qiymatini 70 million yevro deb baholagan.
Morgan Rojersning "Aston Villa" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.

Angliya Premier-ligasining joriy mavsumida hujumchi 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, yettita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar