"Atalanta" hujumchisi transferlar oynasi yakuniga qadar umumiy mashg‘ulotlarda ishtirok etmaydi

  • 20.08.2025 17:23
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Ademola Lukman "Atalanta"ning umumiy mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda "Football Italia" nashri xabar bermoqda.

"Inter"ga o‘tish istagini bildirgan yarim himoyachi avvalroq klub mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan edi. Biroq, Milan klubi nigeriyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan voz kechdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Lukman uzoq tanaffusdan so‘ng birinchi marta "Atalanta" bazasiga keldi. Futbolchi alohida mashq qildi va kelajagi aniqlanmaguncha keyingi ikki hafta davomida individual mashg‘ulotlarni davom ettiradi.

Ta’kidlanishicha, yuz bergan voqea yuzasidan futbolchi va klub o‘rtasida hech qanday uchrashuv o‘tkazilmagan. Eslatib o‘tamiz, Italiyada transferlar oynasi 1 sentyabr kuni yopiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!