"Atletik" ustozi: "Barselona" inqirozda emas

  • 6 fevral, 2020, 09:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletik" bosh murabbiyi Gaiska Garitano Ispaniya Kubogi chorak finali doirasida "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan "ko‘k-anor rangliklar"  rahbariyati va Lionel Messi o‘rtasida bo‘layotgan kelishmovchiliklar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Ularning tarkibida dunyoning eng yaxshi futbolchilari to‘p suradi, shuning uchun "Barselona" Chempionlar ligasi, La Liga va Ispaniya Kubogida doimo asosiy da’vogarlar qatorida bo‘ladi.

"Barselona"da inqiroz? Messi, Grizmann, Rakitich, Buskets, Pike singari futbolchilari bor bo‘lgan klubda qanaqa inqiroz bo‘lishi mumkin?" - deydi Garitano.

Eslatib o‘tamiz, "Atletik" o‘z maydonida "Barselona"ni bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!