"Atletiko" - "Barselona": Taxminiy tarkiblar bilan tanishing!

  • 17 mart, 2024, 12:43
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun Tosheknt vaqti bilan soat 01:00da "Atletiko" - "Barselona" bahsi boshlanadi. Ikkala jamoa ham o‘tgan haftada Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan o‘yinlarini o‘tkazib, g‘alaba qozonishdi. Shu bilan birga, chorak finalga yo‘l olishdi. 

La Liganing 29-turidan o‘rin olgan bu bahs turnir jadvaliga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Kataloniyaliklar 2-pog‘onaga chiqib olish imkoniyaga ega bo‘lsa, "Matraschilar" 4-o‘ringa qaytishga harakat qilib ko‘radi. 

Ispaniyaning ayrim nashrlari "Atletiko" - "Barselona" to‘qnashuviga taxminiy tarkiblarni e’lon qilmoqda. 

"Atletiko"ning taxminiy tarkibi:

Mezbonlar deyarli "Inter"ga qarshi o‘yindagi tarkib bilan o‘yinni boshlaydi. Faqatgina Mario Ermosoning jarohat olganligi bois himoyaning chap tomonida Reynalo joy oladi. Shuningdek, bugun Diego Simone Stefan Savichning o‘rniga Gabriel Paulistani tanlashi kutilmoqda. 

Yan Oblak, Gabriel Paulista, Aksel Vitsel, Reynaldo, Marko Lorente, De Paul, Koke, Saul Niges, Lino, Antuan Grizmann va Alvaro Morata.

"Barselona"ning taxminiy tarkibi:

"Barsa" ham "Napoli" bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv tarkibidan foydalanadi. Faqatgina Rafinya o‘rniga Joau Felish boshlang‘ich tarkibga kiritilishi mumkin. O‘tgan o‘yinda u jamoaning muhim golini urgandi. 

Ter Shtegen, Joau Kanselu, Pau Kubarsi, Ronald Arauxo, Jyul Kunde, Ilkay Gyundogan, Fermin Lopes,  Andreas Kristensen, Lamin Yamal, Joau Felish va Robert Levandovski.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!