
"Atletiko" APLning eng yaxshi himoyachilaridan birini nishonga oldi
"Atletiko Madrid" "Tottenxem" himoyachisi Kristian Romeroga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda "Sky Sports" nashri
Argentina terma jamoasi va jahon chempioni bo‘lgan markaziy himoyachi 1 iyuldan boshlab shartnomasining so‘nggi ikki yiliga kiradi.
Romero "shporlar" himoyasida Mikki van de Ven bilan asosiy juftlikni tashkil qiladi. Ammo ushbu mavsumda jarohatlar tufayli ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.
Shunga qaramay, "matraschilar" uni kuzatishda davom etmoqda va kelajakda dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin deb hisoblaydi.
Argentinalik fulbek 2022 yilda "Atalanta"dan 43 million funt evaziga "Tottenxem"ga kelib qo‘shilgan va shu vaqtgacha barcha musobaqalar doirasida 100 dan ortiq o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar