“Atletiko” “Barsa”ga kutilmagan zarba berdi

  • 30 yanvar, 2022, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” rahbariyati “Yuventus”da ijarada o‘ynayotgan hujumchisi Alvaro Moratani “barselona”ga transferini blokladi.

Tecno

Turin klubi 29 yoshli ispan hujumchisini mavsum oxirida 35 million evroga to‘liq transfer qilish huquqidan foydalanmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rniga “Yuventus” qishki transferlar vaqtida A Seriya to‘purari Dushan Vlaxovichni xarid qildi.

Shunga qaramay, turinliklar Alvaro Moratani ijara muddati tugamay, qo‘yib yuborishga ko‘nmadi. Alvaroning agentlari yanvar oyidayoq hujumchining “Barselona”ga ko‘chib o‘tishini kelishib qo‘ygandi.

Avvaliga bu transferga rozilik bergan “Atletiko” mutasaddilari transfer oynasi yopilishi arafasida Morataning transferini to‘xtatib qo‘ydi. Bunga madridliklar chempionatdagi asosiy raqiblaridan birining kuchayib ketishini istamagani sabab bo‘ldi.

Morata joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi, raqiblar darvozasiga sakkizta to‘p kiritib, jamoadoshlariga beshta golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!