"Atletiko" Felishning narxini e’lon qildi. "Barsa"ga bu summa ma’qul kelmadi

  • 28.02.2024 22:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi ayni damda "Barsa" safida ijara asosida to‘p tepayotgan Joau Felishning narxini ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, "matraschilar" portugaliyalik vinger uchun Kataloniya klubidan 70 million evro so‘rayapti. "Ko‘k-anorranglilar" esa mazkur summani to‘lashga qodir emas. Shu sababdan "Barsa" rahbariyati uni yana bir mavsumga ijaraga olmoqchi. 

Joau joriy mavsum "Barsa" safida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta assist muallifiga aylandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!