"Atletiko" "Inter" himoyachisiga qiziqib qoldi

  • 25 oktabr, 2017, 11:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi o‘zining himoya chizig‘ini “Inter” futbolchisi Milan Shkrinyar bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra milanliklar 22 yoshli slovakiyalik futbolchisi bilan hayrlashishni rejalashtirmayapti. Eslatib o‘tish lozimki, Shkrinyar “Inter” safiga mavsumlar oralig‘ida 20 million evro evaziga “Sampdoriya” klubidan kelib qo‘shilgan edi.

Qayd etish kerakki, Slovakiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Evropa chempionatida ishtirok etgan futbolchi yakunda musobaqaning ramziy terma jamoasiga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!