
"Atletiko" Saulning narxini e’lon qildi
Madridning "Atletiko" klubi Evropa grandlarining e’tiboriga tushib qolgan etakchi yarim himoyachisi Saul Nigesni yozgi transferlar davrida sotishga tayyor.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 24 yoshli ispaniyalik futbolchini 150 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi. Ta’kidlash kerakki, futbolchining shartnomasida aynan mana shuncha tovon puli yozilgan. Agar qaysidir jamoa ushbu mablag‘dan kam bo‘lmagan taklifni bildirsa Saulni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Saulga "Barselona" va "Manchester Siti"dan qiziqishlar mavjud. “Shaharliklar” uning uchun 80 mln evrodan voz kechishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Saul joriy mavsum “Atletiko” safida 36ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar