
"Atletiko"ning asosiy hujumchisi "Lokomotiv"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
"Atletiko" forvardi Diego Kosta jarohati sabab taxminan 1 oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqda As nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi La Liganing “Selta”ga qarshi bahsida jarohat olgan. Shifokorlar esa uning tiklanishi uchun 3 hafta kerakligini aytmoqda.
Endi Kosta 3 noyabr kuni “Lokomotiv”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich bahsini o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar