"Ayaks" 63 yil oldingi antirekordini takrorladi
Amsterdamning “Ayaks” klubi so‘nggi 3 ta o‘yinda birorta ham gol urmay mag‘lub bo‘ldi.
Poytaxtliklar "AZ Alkmaar" (0:1), "Valensiya" (0:1) hamda "Villem II" (0:2) jamoalariga qarshi o‘yinlarda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra “Ayaks” 1956 yildan buyon ilk bor ketma-ket 3 ta o‘yinda gol urolmay mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar