"Ayaks" "Manchester Yunayted"ning taklifini rad etdi
"Ayaks" klubi himoyachi Lisandro Martinesni sotishni istamayapti. Unga "Manchester Yunayted" jamoasi jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "qizil iblislar" Niderlandiya chempionlariga 50 million evro taklif qilgan. Biroq Amsterdam klubiga bu taklif ma’qul kelmagan.
Martinesning transferini "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag rahbariyatdan talab qilmoqda. U avval aynan "Ayaks"da bosh murabbiylik lavozimida ishlagan.
Fikrlar