
Ayni vaqtda Superliganing eng qimmat klubi qaysi?
Xabaringiz bor, ayni vaqtda O‘zbekistonda qishki transfer oynasi ochiq va klublarimiz tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.
Hozirga qadar "Paxtakor", "Neftchi", "Nasaf" hamda "Bunyodkor" kabi klublar aktiv transfer kompaniyasini olib bormoqda.
O‘z tarkibini sifatli legionerlar bilan to‘ldirib olayotgan "Paxtakor" ayni vaqtda Superliganing eng qimmat klubi sanaladi. Hozirgi holatga ko‘ra, "sherlar" tarkibining umumiy transfer qiymati 12,21 million evroni tashkil qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa "Nasaf" (11,25) hamda "Neftchi" (9,33) band qilgan.
Barcha Superliga jamoalarining transfer narxlari:
Ta’kidlash kerak, O‘zbekistonda transfer oynasi 10 dekabr kuni ochilgan bo‘lib, ushbu jarayon 25 fevralga qadar davom etadi.
Fikrlar