
BAA chempionati. Bugun "o‘zbekcha derbi" guvohiga aylanamiz!
Bugun BAA chempionati 4-tur doirasida Aziz G‘anievning "Shabab Al-Ahli" jamoasi o‘z maydonida Otabek Shukurov harakat qilayotgan "Sharja"ni qabul qiladi.
Mazkur bahsda dubayliklar futbolchisi G‘aniev uzoq tanafusdan so‘ng maydonga qaytishi kutilmoqda.
"Sharja" ayni damda 9 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, 7 ochko to‘plagan "Shabab Al-Ahli" keyingi pog‘onada joylashgan. Ushbu uchrashuvda legionerlarimizga omad tilaymiz!
Fikrlar