BAA chempionati. Hamdamovning "Xatta"sini boshi mag‘lubiyatdan chiqmayapti

Birlashgan Arab Amirliklar chempionatining 23-turi doirasidagi "Baniyas" va "Xatta" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golga Ximenes mualliflik qildi. 

"Xatta" safida harakat qilayotgan legionerimiz Doston Hamdamov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi va 69-daqiqada o‘z o‘rnini Abdulla Kazimga bo‘shatib berdi.

Shu tariqa, ushbu g‘alabadan keyin "Baniyas" vaqtincha 1 o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Xatta" esa 8 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!