BAA chempionati. "O‘zbekcha derbi"da Shukurov jamoasi g‘alaba qozondi

CHERY AUTO

BAA Chempionati 24-turi kecha o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu turda 2 hamyurtimiz harakat qiluvchi klublar bir-biriga qarshi bahs olib borishdi. Unda Otabek Shukurovning jamoasi g‘alaba qozondi.

Tecno

"Sharja" - "Xatta" uchrashuvi 3:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi, o‘yinni ikkala hamyurtimiz ham asosiy tarkibda boshladi. Shukurov 90 daqiqa davomida maydonda to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Hamdamov 62-daqiqada zahiraga olindi.

Shu tariqa, navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgan "Sharja" ochkolari sonini 45 taga etkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. "Xatta" esa 9 ochko bilan turnir autsayderi bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!