
BAAdagi legionerlarimiz bugun final uchrashuvida to‘qnash keladi
Bugun Birlashgan Arab Amirliklari Superkubogida final bellashuvi o‘tkaziladi. Unda "Sharja" va "Shabab Al-Axli" jamoalari to‘qnash keladi.
Bahs Dubay shahridagi "Al-Maktum" stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Sharjaliklar tarkibida legionerlarimizdan Otabek Shukurov harakat qilsa, Aziz G‘aniev nominal mehmonlar sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili ham aynan ushbu juftlik bosh sovrin uchun kurash olib borgandi. Turnirning amaldagi g‘olibi "Sharja" hisoblanadi. Ular penaltilar seriyasida 4:3 hisobida zafar quchgan.
Fikrlar