Bahodir Jalolov: Muxlislarimiz ko‘z o‘ngida sal to‘lachadan kelgan bokschi kuchsiz bo‘lib ko‘rinadi

  • 6 aprel, 2021, 17:09
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hozirgina, Milliy Olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida 3 aprel sanasida "Humo Arena" sport saroyida ringga ko‘tarilgan bokschilarimiz ishtirokidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu jang kechasida ishtirok etgan barcha bokschilar qatnashib, OAV savollariga javob berdi. Bahodir Jalolovdan raqibining kuchsiz deyilishiga nisbatan munosabat so‘raldi:

"Ringda raqibning kuchsizi bo‘lmaydi. Menga qarshi jang olib borgan sportchini kuchsiz, deb ayta olmayman. Atigi, 1 ta mag‘lubiyati bor. Qolgan janglarining barchasida g‘alaba qozongan. Muxlislarimiz ko‘z o‘ngida sal to‘lachadan kelgan bokschi kuchsiz, bo‘lib ko‘rinadi. 

Masalan, Entoni Joshua bilan Endi Ruiz ringga chiqdi va meksikalik sportchi ko‘rinishidan u qadar katta jismoniy imkoniyatlarga ega bo‘lmasa ham, gigant Joshuani nokautga uchratdi. Xudo ko‘rsatmasin, o‘sha bokchsi meni mag‘lub etib qo‘yganida, muxlislar kuchsiz raqibga mag‘lub bo‘ldi, degan bo‘lardi. Sportchiga hech qachon ko‘rinishiga qarab baho bermaslik kerak. Biz sekin-astalik bilan o‘syapmiz", - dedi Jalolov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!