Bakayoko sobiq jamoasiga qaytmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Temue Bakayoko yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi mavsumlar oralig‘ida o‘zining sobiq jamoasi - “Milan”ga qaytmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Bakayoko mavsumni “Monako” klubida ijarada o‘tkazmoqda. U 2018/19 yilgi mavsumda aynan “Milan”da ijara asosida to‘p surgan edi. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Bakayokoning ayni damdagi transferi 32 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar