"Barsa" Alvares uchun hech kutmagan narx taklif qiladi

  • 24.06.2026 09:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» rahbariyati «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni qo‘lga kiritish bo‘yicha harakatlarni faol davom ettirmoqda.

Jurnalist Karlos Monfort ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar argentinalik futbolchi uchun 130 million yevro atrofida taklif tayyorlamoqda. 

Kataloniya klubi mutasaddilarining fikricha, jarayondagi eng qiyin bosqich ortida qoldi: Alvares omma oldidayoq «Barselona»ga o‘tish istagini bildirgan. Endi muzokaralar hal qiluvchi pallaga kirmoqda.

«Barselona» tomoni «Atletiko»ning noroziliklarini asosan muhim o‘yinchisini yo‘qotish xavfiga tabiiy reaksiya, deb baholamoqda va buni transferga jiddiy to‘siq sifatida ko‘rmayapti. 

Kataloniya klubi Alvaresga katta minnatdorchilik bildirmoqda: u «PSJ» va «Arsenal» qiziqishiga qaramasdan, aynan «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tishni istagan. Shu bois «Barselona» argentinalik hujumchini olish uchun qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!