“Barsa” futbolchilarini madridlik hujumchi xavotirga solyapti

  • 22.09.2023 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” futbolchilari Madriddan kelgan Joau Feliksning kelajagidan xavotirga tusha boshladi.

Portugaliyalik hujumkor futbolchi kataloniyaliklar safida ijara asosida to‘p tepmoqda. Unga “Atletiko” klubi egalik qiladi.

Joau Feliks “Barselona”ga tez kirishib ketdi. Oxirgi ikki uchrashuvda u uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” futbolchilari kelasi yoz klub Joauni to‘liq transfer qila olmasligi ehtimoli katta ekanidan xavotirga tushyapti. Agar portugaliyalik futbolchi hozirgidek samarali o‘ynasa, uning transfer narxi mavsum oxiriga borib, 100 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Kataloniya superklubi esa, moliyaviy inqirozdan to‘liq chiqqani yo‘q va qimmatbaho transferlarni amalga oshirishga qodir emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!