“Barsa” futbolchisi o‘zini hayratga solgan jamoa nomini aytdi

  • 24.12.2025 08:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” yarim himoyachisi Pedri Evropa Chempionlar ligasining joriy mavsumila o‘z jamoasi  uchun eng jiddiy raqib kim ekani haqidagi savolga javob berdi.

- Birinchi navbatda – bu amaldagi chempion “Pari Sen-Jermen”. “Arsenal” ham juda kuchli shakllanib bo‘lgan jamoa.

Shuningdek, “Manchester Siti” va  “Real Madrid”ni doimo asosiy favoritlar qatoriga qo‘shgan bo‘lardim.

Meni juda hayratda qoldirgan kuchli jamoa esa, do‘stim Trinkau to‘p suradigan Lissabonning “Sporting”idir. Ular chiroyli futbol namoyish etmoqda, - dedi Pedri Esquire nashri jurnalistlariga.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlanishiga ikki tur qolgan pallada, “Barselona” 6 o‘yindan 10 ochko jamg‘arib, 36 klub ichida 15-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi kuchli sakkizlikdan  ikki ochko ortda qolmoqda.

Turnir jadvalining yuqori to‘rtligini yuz foizlik natija (18 ochko) bilan “Arsenal”, “Bavariya”(15 ochko), amaldagi g‘olib PSJ (13 ochko) va “Manchester Siti” (13 ochko) band etgan.

Madridning «Real» klubi 12 ochko bilan ettinchi pog‘onada, “Sporting” esa “Barselona” bilan bir xil ochkoga ega bo‘lsa-da, to‘plar nisbatidagi ustunlik evaziga 14-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!