“Barsa” futbolchisiga APLning yana bir jamoasi qiziqish bildirmoqda
“Barselona” hujumchisi Memfis Depayning kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda. Boisi, Xavi yangi mavsum futbolchiga kamroq o‘yin amaliyoti berishi kutilmoqda.
Shu sabab foravad Kataloniya klubini tark etish haqida o‘ylamoqda. Avvalroq unga Londonning ikki klubi “Arsenal” va “Tottenxem” qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi. Bugun esa ispan nashrlarida Memfisni APLning yana bir jamoasi o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida mish-mishlar tarqaldi.
Gap “Nyukasl” haqida ketmoqda. "Qora-oqlar" Depayni o‘z jamoasiga taklif qilib, hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida.
O‘tgan mavsum Depay Ispaniya La Ligasi doirasidagi 27 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 gol va 2 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar