“Barsa” ichki bozordan eng xotirjam o‘yinchini topdi
“Barselona” skautlari o‘ng qanot himoyachimi qidirayotgan sport direktori Dekuga “Rayo Valekano” futbolchisi Andrey Ratiuni transfer qilishni tavsiya etmoqda.
Fichajes nashrining ma’lum qiligicha, 27 yoshli ruminiyalik himoyachi o‘z mehnatsevarligi, intuitsiyasi va to‘pni nazorat qilishdagi xotirjamligi bilan hammani hayratga solmoqda. Bu ustunliklaridan tashqari, La Ligaga moslashganligi ham “Barselona”ga ma’qul kelmoqda.
Qolaversa, Andrey Ratiuni 25 million evrogacha bo‘lgan mablag‘ evaziga transfer qilish mumkin. Bu kataloniyaliklar uchun maqbul narx hisoblanadi. “Barselona” mutasaddilari Ratiu kataloniyaliklarning shonli tarixi, klubning mavqei va mashhurligi tufayli jamoaga ko‘chib o‘tishga ko‘nishiga ishonyapti.
Andrey Ratiu “Vilyarreal” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Niderlandiyaning “Den Xaag” va Ispaniyaning “Ueska” kabi jamoalarida ham o‘ynagan.
“Rayo Valekano” o‘ng qanot himoyachisini 2023 yili 500 ming evroga transfer qilgan edi. Endi bu klub o‘z o‘yinchisini bir necha baravar qimmatiga sotish imkoniyatiga ega.
Fikrlar