"Barsa" kerakmas futbolchini uzoqqa jo'natdi
«Barselona» darvozaboni Inyaki Pen'ya Gretsiya chempionatiga yo‘l oldi. 27 yoshli ispaniyalik posbon endi «Panatinaikos» sharafini himoya qiladi.
Kataloniya klubi matbuot xizmati darvozabonning grek jamoasiga o‘tishi borasidagi kelishuv rasmiy kuchga kirganini ijtimoiy tarmoq X orqali e’lon qildi.
Avvalroq insayder jurnalist Fabrizio Romano ma’lum qilishicha, «Barselona» bu transfer uchun 3 million yevro miqdorida tovon puli oladi. O‘tgan mavsum Inyaki Pen'ya «Elche» tarkibida ijaraga asosda to‘p surdi. La Liga — 2025/2026 mavsumida u maydonga 16 marta tushib, o‘z darvozasidan 28 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
«Barselona» tarbiyalanuvchisi 2022 yildan buyon asosiy jamoa safida jami 45 o‘yin o‘tkazgan. Kataloniya klubidagi so‘nggi mavsumida esa u 16 ta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar