“Barsa” Kuman haydayotgan futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Mavsum boshida Ronald Kuman “Barselona”dan ketkazmoqchi bo‘lgan Riki Puch klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.
Unga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hamkorlikni 2023 yilning yozigacha davom ettiradi.
Ta’kidlash lozimki, iste’dodli yosh futbolchining bosh murabbiy bilan munosabati yaxshi emas. Kuman unga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermayapti. Niderlandiyalik mutaxassis Puchga bir necha marotaba boshqa jamoaga o‘tib ketishni tavsiya qilgan. Futbolchining o‘zi kataloniyaliklarning asosiy tarkibiga kira olishiga ishonmoqda.

Fikrlar