
“Barsa”ning Lautaro bo‘yicha so‘nggi taklifini tayyorladi. "Inter" uni qabul qiladimi?
“Barselona” rahbariyati “Inter”ga Lautaro Marines transferi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorladi.
Unga ko‘ra, kataloniyaliklar argentinalik hujumchi uchun 80 million evro to‘lab, transferga himoyachi Xunior Firponi qo‘shib beradigan bo‘ldi.
“Barsa”ning 60 million evro, himoyachi Nelson Semedu va yarim himoyachi Arturo Vidalni berish to‘g‘risidagi taklifi milanliklar tomonidan rad etilgandi.
Shu o‘rinda, “Barselona” Lautaroni qo‘lga kirita olmasa, kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi “Real” hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor turibdi.
Fikrlar