"Barsa" Levandovski o‘rniga La Liganing o‘zidan o‘rinbosar topdi

  • 24 iyun, 16:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi Robert Levandovski jamoani tark etgandan so‘ng uning o‘rnini kim egallashi kerakligini aniqlab bo‘lgan. Polyak hujumchisining shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi va u katta ehtimol bilan jamoani tark etadi.

Tecno

"Fichajes" nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 36 yoshli Levandovskining o‘rnini "Atletiko Madrid" hujumchisi Xulian Alvares bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda. Bu transfer 2026 yil yoziga mo‘ljallangan.

25 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 57 ta o‘yinda ishtirok etib, 29 ta gol va 8 ta assist muallifi bo‘ldi. 

Robert esa yakunlangan mavsum "ko‘k-anorranglilar" safida 52 ta uchrashuvda ishtirok etib, 42 ta gol urgan holda, 3 ta golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!