“Barsa” Levandovski o‘rnini bosadigan ikkita hujumchi topdi

  • 22.10.2024 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” ayni paytdagi asosiy hujumchisi Robert Levandovskining yoshi o‘tib borayotganini inobatga olib, uning o‘rnini bosa oladigan ikki fordvard topib qo‘ydi.

CaughtOffside nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar “Nyukasl”dan Aleksander Isaak va “Liverpul”dan Darvin Nunesni olib kelmoqchi.

Klub mutasaddilari shvetsiyalik va urugvaylik bu hujumchilar yaqin kelajakda 36 yoshli Levandovskining o‘rnini bosishiga ishonyapti.

Aslida “Barselona”ning yozgi transferlarga belgilagan asosiy nishoni “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland hisoblanadi. Biroq 24 yoshli norvegiyalik hujumchini olish juda qiyin masala. Agar bu transfer o‘xshamasa, “Barselona” Aleksander Isaakka murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

Bu o‘yinchining “Nyukasl” bilan shartnomasi yana to‘rt yil davom etadi va Transfermarkt portali uni 75 million evroga baholayapti.

Nunes ham “Liverpul”da 2028 yilgacha to‘p tepishi rasmiylashtirilgan. Uning transferi narxi 65 million evroni tashkil qiladi.  , rynochnaya stoimost futbolista sostavlyaet € 75 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!