“Barsa” madridliklar superhujumchisidan yuz o‘girdi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” klubi Madridning “Atletiko” jamoasi forvardi Xulian Alvares klubga kerak emas, degan qarorga keldi va uni sotib olish g‘oyasidan voz kechdi.
Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaniing ma’lum qilishicha, birinchidan, kataloniyaliklar futbolchining narxi juda yuqori, deb hisoblaydi. Ta’kidlanishicha, Alvaresning shartnomasida 500 million evro miqdoridagi to‘lov (klausula) ko‘rsatilgan, shu bilan birga madridliklar uni 200 million evrodan kamiga sotmasligini ma’lum qilgan.
Ikkinchidan, argentinalik yulduz ikki jamoaning o‘zaro to‘qnashuvida “Barselona”ga bor mahoratini namoyish qila olmagan.
Joriy mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 4 ta golli uzatma qayd etdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 100 million evroga teng.
Fikrlar