“Barsa” orzusidagi futbolchi uchun ikki yulduzini “qurbon” qiladi
“Barselona” rahbariyati “Inter” himoyachisi Allesandro Bastonini olish yo‘llarini qidirmoqda. Kataloniyaliklar Italiya klubi o‘z yetakchisi uchun talab qilayotgan 80 million evrogacha bo‘lgan mablag‘ni o‘ta yuqori, deb hisoblamoqda.
Klubda moliyaviy qiyinchiliklari borligi tufayli kataloniyaliklar “Inter” bilan bitimga o‘z o‘yinchilarni qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqida Sport.es xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Inter” kataloniyaliklar safida o‘ynab kelayotgan hujumkor futbolchilar – Daniyel Olmo va Ferran Torresga qiziqish bildiryapti. Ammo bu ikki o‘yinchining o‘zi “Barsa”dan ketmoqchi emas.
Transfer bo‘yicha ekspertlar ham bu rokirovkaning amalga oshishi juda murakkab ekanini ta’kilyapti. Agar kataloniyaliklarning bu rejasi o‘xshamasa, ular Bastoni transferi narxini tushirishning boshqa yo‘llarini topishi kerak bo‘ladi.
Joriy mavsumda Bastoni barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar