"Barsa" prezidenti Xolandni sotib olish yo‘lini topdi. Bu usul Grizmann transferida qo‘l kelgan

  • 01.04.2021 23:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yana kun mavzusi - Erling Xolandning transferiga to‘xtalamiz. Uning otasi Alf-Inge va agenti Mino Rayola avval Kataloniyaga, keyinchalik Madridga borganligi haqida ma’lum qilgan edik.

Xolandning "elchilari" bilan muzokara olib borgan "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati uni sotib olish yo‘llarini izlay boshladi. Eng katta muammo - moliyaviy masalani hal etish haqida bosh qotirayotgan Laporta katta miqdorda kredit olmoqchi. Jamoa rahbarlari 2 yil oldin Antuan Grizmanning transferida ham aynan shunday yo‘ldan foydalangandi.

ESPN tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi suhbat 2,5 soat davom etgan. Biroq, yakunda qanday to‘xtamga kelingani hali oshkor etilmadi. Klub prezidenti norvegiyalik hujumchi bilan shartnoma imzolash katta qadam bo‘lishiga ishonchi komil. Laporta Xolandni jamoaning keyingi 10 yilligida muhim o‘rin tutishiga ishonmoqda. Shuningdek, ispaniyalik ishbilarmon Erlingni azaliy raqib - "Real"ga berib qo‘ymoqchi emas.

"Borussiya" Dortmund rahbariyati 20 yoshli hujumchini yana bir mavsum o‘z safida olib qolmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Biroz avval "Barsa" prezidenti bilan uchrashgan Xolandning "elchilar"i endi Madrid tomon yo‘l oldi

Xoland qoladi! "Borussiya" uni sotmasligini ma’lum qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!