
“Barsa” superhujumchi oladigan bo‘ldi
“Barselona” Evropaning eng zo‘r hujumchilaridan biri bo‘lib turgan Erling Xolandni olishga qaror qildi.
Kataloniyaliklar “Borussiya” to‘purarini qo‘lga kiritish uchun yozda “Real”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Manchester Siti” bilan raqobatlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Avvalroq, norvegiyalik hujumchining agenti Mino Rayola mijozini “Barselona”ga joylash uchun uni dortmundliklar bilan amaldagi shartnomani yozda bekor qilishga undayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Erling Xoland joriy mavsumda Bundesligida 10 ta uchrashuvda 12 ta gol urdi. Uning transferi yozda 75 million evro bo‘lishi shartnomada belgilab qo‘yilgan.
Fikrlar