“Barsa” superyulduzi Messining yoniga boradi

  • 23.10.2025 16:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Keyingi yillarda “Inter Mayami” klubi o‘z davrida Evropada porlagan bir necha yulduzlar, xususan, Lionel Messi, Luis Suares, SSerixo Buskets, Jordi Alba kabi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Klub rahbariyati yangi mavsumda ham mashhur o‘yinchilarni olib kelish amaliyotini davom ettirmoqda. Bu gal floridaliklar “Barselona” to‘purari Robert Levandovskini nishonga olgan.

Kataloniyaliklar polshalik forvard bilan 30 iyun kuni tugaydigan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Shundan so‘ng 37 yoshli futbolchini o‘z safiga chorlayotgan klublar safi borgan sari ortib boryapti.

Inter Miami News Hub nashrining ma’lum qilishicha, “Inter Mayami” Robert Levandovskini faoliyatini yakunlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan boshqa yulduz – Luis Suaresga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi.

Shu bilan bir qatorda Lionel Messi 31 dekabr kuni yakunlanadigan shartnomasini yangilab, faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishi ham aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!