
“Barsa” to‘rtta yulduzni tekinga oladi
“Barselona” rahbariyati klubning moddiy ahvolidan kelib chiqib, kelasi yozda asosan erkin agentlarni jamoaga taklif qiladigan bo‘lyapti.
Kataloniya klubi direktori Mateu Alemani 2023 yilning yozida rahbariyat qo‘llaydigan transfer siyosati haqida ma’lumot berdi.
- Biz asosiy e’tiborni erkin agentlarga qaratishimiz kerak. Bu yil xuddi shu yo‘nalishda ishlab, Frank Kessie, Andreas Kristensen, Markos Alonso va Ektor Belerinni qo‘lga kiritdik. Bunedan keyin ham shu tariqa ishlashda davom etamiz, - dedi Mateu Alemani.
Jurnalist Rojer Torelloning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar joriy mavsum oxirida shartnoma tugaydigan to‘rtta mashhur futbolchi – “Chelsi” yarim himoyachilari N'Golo Kante va Jorjino, “Lester” vakili Yuri Tilemans va “Inter” himoyachisi Milan Shkrinyarni nishonga olgan.
Shuningdek, PSJ bilan hamkorligi tugayotgan Lionel Messining “Barselona”ga qaytishi kutilmoqda.
Fikrlar