
“Barsa” unga “Chelsi” kabi imkoniyatni bermaydi”
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel himoyachi Sezar Aspilikuetani tarkibda olib qolishga harakat qilmoqda. Boisi, "Barselona" 32 yoshli ispaniyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Bu qiyin savol, chunki Aspini jamoada qolishini istayman. Menimcha, biz “Napoli”dan Kulibalini xarid qilganimizdan keyin unda shubha paydo bo‘ldi. Lekin u bizning sardor va jamoa uchun muhim futbolchi. Aspiga “Chelsi”da ko‘p imkoniyat berishimiz mumkin, biroq “Barselona” Sezarni bu darajada ko‘rishiga shubham bor”, — deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi “Goal” nashri.
Aspilikuetaning “aristokratlar” bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Trasnfermarkt” futbolchining narxini 9 million evroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Sezar barcha musobaqalar doirasidagi 47 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar