
“Barsa” va PSJ “Chelsi” yulduzini talashyapti
“Chelsi” yozda o‘z etakchilaridan Jorjinoni yo‘qotishi mumkin. Italiya, Ispaniya va Frantsiya grandlari italiyalik yarim himoyachini o‘z safida ko‘rishni istamoqda.
Avvalo, “Yuventus” va “Milan” Italiya terma jamoasi o‘yinchisini A Seriyaga qaytarishga urinayotgan edi.
Endi Jorjino uchun kurashga “Barselona” va PSJ ham qo‘shildi, deb xabar bermoqda Goal nashri.
Jorjinoning agenti futbolchi uchun asosiy maqsad hozirgi klubi bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishish ekanini aytgan. Lekin “aristokratlar”ga qo‘yilgan sanktsiyalar ko‘p narsani o‘zgartirib yuborishi kutilmoqda.
Jorjinoning amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. Yarim himoyachi bu mavsum 40 ta o‘yinda to‘qqizta gol urib, to‘rtta assist qayd etdi.
Fikrlar