"Barsa" xohlayotgan transferga PSJ rozi bo‘ldi!
PSJ klubi rahbariyati "Barselona" forvardi Antuan Grizmanni qo‘lga kiritish uchun jamoaning braziliyalik hujumchisi Neymardan voz kechishga tayyor. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” Neymar evaziza PSJga nafaqat Grizmann, balki, unga qo‘shimcha yana 50 mln evro to‘lashga tayyor. Ushbu transfer mavsumlar oralig‘ida amalga oshirilishi kutilmoqda.
29 yoshli Grizmann joriy mavsum “Barselona” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
28 yoshli Neymar esa PSJda 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar