“Barsa” xoinlik qildi
“Barselona” yarim himoyachisi Frank Kessi Kataloniya klubi o‘ziga nisbatan xoinlik qilgan, deb hisoblamoqda.
Bu haqda insayder Serxi Kapdevila xabar tarqatdi.
Ivuarlik futbolchi “Barselona” o‘tgan yili yozda uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olganida, kelajakda o‘ynatish emas, balki boshqa klubga sotib, foydalanib qolishni rejalashtirganiga amin bo‘lganini ta’kidlayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, Kessi bolaligidan “Barselona”da o‘ynashni orzu qilgan. Futbolchi mavsumning ikkinchi yarmini yuqori saviyada o‘tkazganini va bu orqali Kataloniya klubida to‘p tepishga loyiqligini isbotlab qo‘yganini aytmoqda.
Klub rahbariyati esa, Kessi bilan tezroq xayrlashishga qaror qilgan.



Fikrlar