
“Barsa” yana bir katta transferni uddaladi
“Barselona” rahbariyati “Manchester Siti”ning hujumkor futbolchisi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skira, kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchi bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishganini xabar qildi.
Endi “Barselona” tez kunlarda “Manchester Siti”ga bu transfer bo‘yicha rasmiy taklif beradi. Kataloniyaliklar futbolchi uchun 60 million evro to‘lashni rejalashtirmoqda.
“Barselona” mutasaddilari hujumkor futbolchini yozgi transferlar oynasi yopilgunicha o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.
Bernardu Silva 2017 yili 50 million evro evaziga “Manchester Siti” safiga qo‘shilgandi. Shu paytga qadar mohir o‘yinchi “shaharliklar” tarkibida 248 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 48 ta gol va 50 ta assist rasmiylashtirdi.
Gvardiola qo‘l ostida 11 ta sovrin yutgan futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan edi.
Fikrlar