“Barsa”dagilar Reşfordni qoldirib, Levandovskidan qutilmoqchi
“Barselona” joriy mavsum oxirigacha hujum chizig‘i vakillari masalasida yakuniy qarorga kelishi kerak. Birinchidan, klub rahbariyati “Manchester Yunayted”dan ijaraga olingan Markus Reşfordni sotib olish yoki qo‘yib yuborish bo‘yicha yakuniy qarorga kelishi talab etiladi.
Ikkinchidan, shartnomasi yakunlanayotgan Robert Levandovskining kelajagi borasida bir to‘xtamga kelish kerak.
Mundo Deportivo “Barselona” klubi xodimlari o‘rtasida har ikki hujumchining jamoada qolish yoki qolmasligi bo‘yicha so‘rovnoma tashkil etdi. So‘rovnomada quyidagi savollar berildi va natija kutilmagan ko‘rinish oldi.
Levandovski bilan shartnomani uzaytirishi kerakmi?
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, qatnashchilarning 59,33 foizi (178 nafar) “yo‘q” deb javob bergan. 31,66 foiz (95 nafar) “ha” degan. 5,33 foiz (16 nafar) respondent javob bermagan. Yana 3,66 foizi (11 nafar) esa, qaror shartnoma shartlariga bog‘liq bo‘lishini aytgan.
“Barselona” Markus Reşfordni to‘liq sotib olishi kerakmi?
Bu savolga so‘rovda qatnashganlarning 54,66 foizi (164 nafar) “ha” deb javob bergan. 35,66 foiz (107 nafar) “yo‘q” degan. 6,33 foiz (19 nafar) respondentlar bu masalani mavsum yakunlangandan so‘ng hal qilish kerakligini bildirgan. Qolgan 3,33 foiz (10 nafar) esa savolni javobsiz qoldirgan.
Fikrlar