
“Barsa”dan ketsang, maoshing ikki karra oshadi
“Chelsi” rahbariyati “Barselona” hujumchisi Per-Emerik Obameyangni katta maosh evaziga o‘ziga og‘dirib olmoqchi.
O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Kataloniyaga kelgan gabonlik hujumchi Xavi jamoasi uchun La Ligada 17 ta uchrashuvda 11 ta gol urganiga qaramay, murabbiylar shtabi tajribali to‘purar bilan xayrlashishga tayyor.
“Barsa” hujumchi uchun taklif qilingan 14 million evroni qabul qilmadi va bu summani yana ko‘tarishni talab qilyapti.
“Chelsi” Obameyangni ko‘ndirish uchun esa, uning maoshini ikki karra oshirishii ma’lum qildi.
Hozir tomonlar ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Fikrlar