“Barsa”ning eng zo‘r futbolchisiga kuchli xaridor chiqdi
“Chelsi” rahbariyati jamoaning hujumkor salohiyatini “Barselona” vakili Usmon Dembele yordamida kuchaytirishga qaror qildi.
Londonliklar frantsiyalik futbolchini mavsum yakunlanganidan keyin transfer qilmoqchi. Chunki yozda Dembelening transferi uchun badal summasi 50 million evrogacha pasayadi.
“Shaharliklar” iste’dodli hujumkor futbolchini o‘tgan yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgandi. Lekin o‘shanda Usmon kataloniyaliklar bilan yangi bitim tuzishga qaror qilgan va “Barsa”da qolgan edi.
25 yoshli o‘yinchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.



Fikrlar