“Barsa”ning yosh yulduzi superklublar taklifini mensimayapti

  • 27.06.2026 17:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” klubi iqtidorli yarim himoyachisi Mark Bernal Angliyaning yetakchi klublari takliflarini rad etmoqda. Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 18 yoshli futbolchiga “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” qiziqish bildirgan hamda u haqida ma'lumot to‘plagan.

Shunga qaramay, Bernal yozgi transfer oynasida o‘zini sotib olishni istayotgan Premier-liga grandlari qiziqishini e'tiborsiz qoldirib, “Barselona”da qolish niyatida qat'iy turibdi.

Bernal “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!