"Barselona" - "Liverpul" o‘yini oldidan Mourino nimalar dedi?
Portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Barselona" - "Liverpul" qarama-qarshiligi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Liverpul”da van Deyk bor. U ajoyib. Bundan tashqari Mane, Saloh va Firminolar har bir o‘yinda gol urishmoqda. Ular gol urmagan birorta o‘yinni menga ayta olasizmi?
Agar “Barselona” “Liverpul” bilan javob bahsida xuddi “Old Trafford”da MYuga qarshi o‘ynagandek o‘ynasa, mersisaydliklarga qiyin bo‘ladi.
“Barselona”ning o‘yin uslubini inobatga olsak, “Liverpul” jiddiy jazolanishi mumkin”, - deydi Mourino.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Liverpul" jamoalarining dastlabki bahsi bugun “Kamp Nou”da, javob o‘yini esa 7 may kuni “Enfild”da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar