“Barselona” Al’vares transferi yuzasidan “Atletiko” bilan bog‘landi

  • 27.04.2026 18:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" Xulian Al’vares transferi ustida ishlamoqda.

Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik rahbariyatdan yozgi transfer oynasida markaziy hujumchi pozitsiyasini kuchaytirishni so’radi va "Atletiko" futbolchisi bu rolga asosiy nomzod hisoblanadi.

ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, "blaugrana" Madrid klubi bilan bog‘lanib, futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha uning pozitsiyasini bilib olgan. "Barselona" bu kelishuvni amalga oshirish qiyin bo‘lishini biladi, biroq futbolchining Antuan Grizmann bilan bo‘lganidek, jamoani o‘zgartirish istagi muhim rol o‘ynashi mumkin, deb hisoblaydi.

Argentinalik futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli miqdori 500 million yevroni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, "Atletiko" Al’varesning yozda ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga 2032 yilgacha yaxshilangan shartnoma taklif qilishga tayyor.

Joriy La Liga mavsumida Xulian 29 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!