“Barselona” asosiy yulduzini qo‘ldan chiqardi

  • 24.05.2022 19:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning Sports.es sayti xabariga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati tez orada Usmon Dembele vakillari bilan hal qiluvchi so‘nggi uchrashuvni o‘tkazadi.

Manbaning ta’kidlashicha, frantsiyalik futbolchi Kataloniyani tark etish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan.

25 yoshli hujumkor futbolchini Kilian Mbappe PSJda ko‘rmoqchi va Parij klubi xo‘jayinlaridan Dembeleni jamoaga olib kelishni talab qilyapti.

Usmonning o‘zi ham moliyaviy jihatdan eng qudratli klublar qatorida turgan PSJga o‘tishni istayapti. U shu kunga qadar terma jamoadagi sherigi Mbappe qaysi klubni tanlashini kutayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!