“Barselona” bu transferga qo‘l urmaganidan afsusda
"Barselona"da o'tgan transfer yozi qanday kechgani haqida afsuslar bor. The Touchline xabariga ko'ra, Kataloniya klubi o'tgan yozda Luis Diasni o'z safiga qo'shib olganda, dunyoning eng yaxshi hujumkor jamoasiga aylanishi mumkinligiga ishonmoqda.
Qayd etilishicha, "Barselona" sport direktori Deku uchun Dias hujumni kuchaytirish uchun asosiy variant bo'lgan. "Ko'k-anorranglilar" murakkab moliyaviy vaziyat tufayli transferni amalga oshira olmadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning iyul oyi oxirida Luis Dias "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tgan edi. Transfer summasi 70 million evroni tashkil etgani haqida matbuotda yozildi. Dias joriy mavsum 36 ta o'yinda 20 ta gol va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar