"Barselona" Bundesligada hujumchi olib kelmoqchi
"Hoffenxaym" markaziy hujumchisi Fisnik Aslani faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Diario SPORT" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 23 yoshli Kosovo terma jamoasi hujumchisiga qiziqish bildirmoqda. Boshqa Yevropa klublari ham Aslanini kuzatib borayotgani haqida xabarlar bor, ammo futbolchining o‘zi "Barselona"da o‘ynashni orzu qiladi. Uning shartnomasida 30 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Aslani barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Hoffenxaym" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Fikrlar