“Barselona” Busketsga Germaniyadan munosib o‘rinbosar topdi
AS nashrining xabariga ko‘ra, Kataloniyaning “Barselona” klubi murabbiylar shtabi “Borussii D” yarim himoyachisi Yulian Vayglga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha “ko‘k-anor ranglilar” 21 yoshli germaniyalik futbolchining iste’dodini juda yuqori baholashmoqda va yaqin kelajakda jamoa xavbeki Serxio Busketsga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonishmoqda.
O‘z navbatida dortmundliklar rahbariyati va murabbiylar shtabi ham iqtidorli futbolchisi bilan hayrlashishni istamayapti. Avvalroq Vaygl “Borussiya D” bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirgan edi.
Ma’lumot uchun, Yulian Vaygl ushbu mavsumda Bundesliganing 15ta uchrashuvida maydonga tushgan.

Fikrlar